Putin Mirziyoyevni tabriklashda nega shoshqaloqlik qilgandi? So‘z siyosat bilimdoniga

Jamiyat

O‘zbekiston Prezidenti saylovi natijalari Markaziy saylov komissiyasi (MSK) tomonidan e’lon qilinmasidan oldin Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabriklagan edi. “Ma’no” tadqiqot tashabbuslari markazi direktori, siyosatshunos Baxtiyor Ergashev ushbu holat bo‘yicha o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

“Ushbu saylovda 5 ta nomzod bo‘ldi. Ammo, o‘zimizning “Ma’no” markazi saylovdan oldin o‘tkazgan telefon orqali so‘rovnomada fuqarolarimizning 85 foizi Mirziyeyovga ovoz beraman, degan edi. Biz olgan natijalar saylov natijalariga yaqin bo‘ldi”, deydi Ergashev.

Mustaqil ekspertning so‘zlariga ko‘ra, saylovda 5 nafar nomzod qatnashgan bo‘lsa-da, lider aniq bo‘lgan.

Foto: siyosatshunos Baxtiyor Ergashev

“Tan olish kerak, lider aniq edi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev edi. Buni nafaqat biz, tahlilchilar, balki boshqa kuzatuvchilar, davlatlar va kerak bo‘lsa, davlat arboblari ham, albatta, bilgan edi.

O‘ylaymanki, telefon orqali bo‘lgan tabrik shundan kelib chiqqan-da. Menimcha, Shavkat Mirziyoyevning saylovda yutib chiqishiga hech kimda shubha bo‘lmagan”, deydi siyosiy tahlilchi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 oktyabr kuni Kreml saytida Rossiya va O‘zbekiston Prezidentlari telefonda suhbatlashgani, unda Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni mamlakat prezidentligi uchun saylovda ishonchli g‘alaba qozongani bilan tabriklagani haqida xabar berildi. Biroq, qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin, hali MSK saylov natijalarini rasman e’lon qilmagandi. Oradan bir necha soat o‘tib rasmiy natijalar ham e’lon qilindi.

Quyida rasmiy saylov natijalariga ko‘ra nomzodlar qancha ovoz to‘plagani keltirilgan:

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Bahrom Abduhalimoga – 549 ming 766 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 3,39 foizi;

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyevga – 12 million 988 ming 964 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 80,12 foizi;

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Narzullo Oblomuradovga – 670 ming 641 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 4,14 foizi;

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirovga – 888 ming 515 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 5,48 foizi;

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Vorisovaga – 1 million 75 ming 16 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 6,63 foizi yoqlab ovoz bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

395

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing