MSK natijalarni e’lon qilmay turib, Putin Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 25 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan saylovda ishonchli g‘alabaga erishgani bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida ular O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini har tomonlama rivojlantirish niyatini bildirdi.

Rossiya Prezidenti shuningdek, Shavkat Mirziyoyevga tabrik telegrammasini ham yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi hozircha saylov natijalarini e’lon qilmadi. MSK bugun, 25 oktyabr kuni soat 16:00 da Prezident saylovining dastlabki natijalarini e’lon qilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

553

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing