Putin masalani yopiq deb hisoblaydi
Olam
−
07 avgust 2019
5629Qrimdan Federatsiya Kengashi a’zosi Olga Kovitidi, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning yarimorolning Rossiyaga qo‘shilishi haqidagi pozitsiyasini noxolis deb hisoblaydi. Bu haqda Lenta.ru xabar berdi.
Senatorning aytishicha, yarim orol aholisi 2014 yil mart oyidagi referendum davomida yagona to‘g‘ri qarorni qabul qilgan. Biz urushga, respublikani yo‘q qilishga, uning milliy urf-odatlari, madaniy qadriyatlari va yarim orolni NATOning Qora dengizdagi strategik ko‘prigiga aylantirishiga yo‘l qo‘ymadik, dedi u.
Seshanba kuni Yangi Zelandiyada nutq so‘zlar yekan, Stoltenberg Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishini buyuk davlatlar o‘rtasidagi raqobatning kuchayishi deb atadi. Shuningdek, u Rossiya yanada qat’iy tashqi siyosat yurita boshlaganini aytdi. Bundan tashqari, ,Bosh kotib ilgari yarimorolning qo‘shilishi Moskvaning yakkalanishi uchun sabab emasligini ta’kidlagan.
Qrim Rossiyaning tarkibiga 2014 yil bahorida qo‘shildi. Ukraina, AQSH va bir qator Yevropa Ittifoqi davlatlari ovoz berish natijalarini tan olmaydi.
Moskva yarimorolning Rossiya Federatsiyasiga kirishining qonuniyligini ta’kidlaydi. Prezident Vladimir Putin yarimorolga tegishli bo‘lish masalasini tarixan yopiq deb hisoblaydi.
LiveBarchasi