Putin Konstitutsiya bo‘yicha ovoz berishni ortga surdi

Olam

image
Koronavirus Putinning rejalariga to‘siq bo‘lyapti north_east

Koronavirus Putinning rejalariga to‘siq bo‘lyapti

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin “Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni ma’qullash masalasi bo‘yicha umumrossiya ovoz berish sanasini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmonda mamlakatdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, Rossiya Federatsiyasi fuqarolariningsalomatligiga xavf tug‘dirishdan qochish uchun mamlakat Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni ma’qullash bo‘yicha umumrossiya ovoz berish sanasini Prezidentning alohida farmoni bilan belgilash ko‘zda tutilgan.

Umumrossiya ovoz berishi joriy yilning 22 aprel kuni o‘tkazilishi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 yanvar kuni Vladimir Putin parlamentga murojaatida Konstitutsiyaga Prezident va Hukumatning vakolatlari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilgandi. Ta’kidlash kerakki, Putin murojaatidan keyin RF Hukumati to‘liq tarkibda iste’fo bergandi.

Putin aytgan takliflar bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlangandi. Unda avvalo bir odam ikki muddatdan ortiq Rossiya Prezidenti lavozimini egallashini taqiqlash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Konstitutsiyaga pensiyalarning majburiy indeksatsiya qilinishi kiritiladi hamda ish haqining eng kam miqdori yashash minimumidan past bo‘lmasligi mustahkamlanadi.

Shuningdek, Rossiya Prezidenti hozircha qabul qilinmagan qonun bo‘yicha maqomi belgilanadigan davlat kengashini tuzishga mas’ul bo‘ladi.

Loyihada yuqori lavozimli amaldorlarga boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lishni taqiqlash, Bosh vazir va Hukumat a’zolarini tasdiqlashni Prezidentdan Davlat dumasiga o‘tkazish va federatsiya kengashiga sudyalarni lavozimidan ozod qilish huquqini berish ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing