Putin Kim Chen Inga va’dalar to‘la maktub yozdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi har tomonlama va konstruktiv ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish bo‘yicha birgalikda harakat qilishini aytdi. Bu haqda Putinning bugun, 15 avgust kuni Koreya mustaqilligi kuni munosabati bilan KXDR rahbariga yo‘llagan maktubida so‘z borgan.

Ikki tomonlama aloqalarning mustahkamlanishi har ikki davlat manfaatlariga javob beradi. Bundan tashqari, “Rossiya va Shimoliy Koreya birgalikda Koreya yarim oroli va butun Shimoliy-Sharqiy Osiyo mintaqasida “xavfsizlik va barqarorlikni” mustahkamlay oladi”, deb yozadi Rossiya Prezidenti.

KXDR rahbari Kim Chen In  Putinga javob maktubini yo‘llab, unda Rossiya va KXDR o‘rtasidagi “strategik va taktik hamkorlik, qo‘llab-quvvatlash va hamjihatlik” yangi bosqichga ko‘tarilganiga ishora qilgan. U “dushman qurolli kuchlarining provokatsiyalari va tahdidlarining oldini olish bo‘yicha umumiy sa’y-harakatlari”ni e’tirof etgan.

Koreya Markaziy Axborot Agentligi (KCNA) maktubda qaysi dushman kuchlari nazarda tutilganiga aniqlik kiritmagan. Biroq, “Reuters” axborot agentligiga ko‘ra, Shimoliy Koreya rahbari odatda bu atamani AQSH va uning ittifoqchilariga nisbatan ishlatadi.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyan AQSH bilan har qanday harbiy mojaroga to‘liq tayyor ekanini e’lon qilgan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

561

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing