Putin XJS a’zosi bo‘lgan Mo‘g‘ulistonga boradi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 3 sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan Mo‘g‘ulistonga boradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi .

Putin Mo‘g‘ulistonga mamlakat Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan Xalxin-Gol daryosida sovet va mo‘g‘ul qo‘shinlarining Yaponiya Qurolli kuchlari ustidan qozonilgan qo‘shma g‘alabasining 85 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish uchun boradi.

“Muzokaralar chog‘ida davlat rahbarlari Rossiya-Mo‘g‘uliston munosabatlarini har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashadi”, deyiladi Kreml xabarida.

BBC Rus xizmatining ta’kidlashicha, bu Putinning 2023 yilning mart oyidan buyon Rossiya prezidentini hibsga olishga order bergan Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini imzolagan mamlakatga ilk tashrifi bo‘ladi. Mo‘g‘uliston 2000 yilda Rim statutini imzolagan va 2002 yilda uni ratifikatsiya qilgan.

Rasmiy ravishda XJSga a’zo davlatlar orderni bajarishga va Putinni hibsga olishga majbur. BBC'ning ta’kidlashicha, Mo‘g‘uliston dengizga chiqish imkoni yo‘q va faqat Rossiya va Xitoy bilan chegaradosh, bu Putinni hibsga olish va ekstraditsiya qilish haqidagi faraziy holatda Gaagaga yetkazish jarayonini murakkablashtiradi.

Hibsga olish uchun order chiqarilgandan beri Putin bo‘lgan barcha mamlakatlar XJSni tan olmaydi. 2023 yil iyul oyida Rossiya Prezidenti BRICS sammiti uchun Janubiy Afrikaga tashrifini bekor qildi. Janubiy Afrika Rim statutini ratifikatsiya qilgan va shuning uchun qonuniy ravishda Putinni Xalqaro jinoiy sud buyrug‘i bilan hibsga olish va uni Gaagaga ekstraditsiya qilish majburiyati bor edi. Shu bilan birga, Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosa muxolifatning XJS oldidagi majburiyatlarini bajarish talabiga javob berar ekan, Rossiya Putinning hibsga olinishi urush e’lon qilish sifatida baholanishidan ogohlantirganini aytdi.

Ma’lumot uchun, 2023 yil martida Xalqaro jinoiy sudi Vladimir Putinni Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilishda gumon qilib, hibsga olishga order bergan edi. Xuddi shunday order Prezident huzuridagi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham chiqarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Mo'g'uliston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing