Putin kelasi yil Eronga borishi mumkin 

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2026 yilda Eronga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda Eronning Moskvadagi elchisi Kozim Jaloliy SNN agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha yaqin oylarda Putinning Eron safariga oid rejalari yo‘q, biroq bu tashrif 2026 yil yozida, Eron mezbonlik qiladigan Kaspiy sammiti chog‘ida amalga oshishi mumkin.

“Hozircha janob Putinning Eron safariga oid rejalari yo‘q. 2026 yilgi Kaspiy sammitini Eronda o‘tkazish taklifi ilgari surilgan. Agar sammitni o‘tkazish ishtirokchi davlatlar tomonidan ma’qullansa, janob Putinning safarini kelasi yil iyul-avgust oylarida amalga oshirish mumkin bo‘ladi”, deydi Jaloliy.

Qayd etish joiz, 2025 yil may oyi o‘rtalarida Eron hukumati rasmiy vakili Fotima Mohajerani RIA Novosti nashriga bergan intervyusida Tehron Putinning tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirgan. O‘sha paytda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning Eron safarining aniq sanalari hali kelishilmaganini, ammo u mamlakatga tashrif buyurish uchun amaldagi taklifga ega ekanini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin oxirgi marta 2022 yilning iyun oyida “Ostona jarayoni” sammitida ishtirok etish uchun Eron poytaxti Tehronga borgandi. Putin ushbu tashrifi chog‘ida mamlakat oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan yakkama-yakka uchrashuvlar o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Vladimir Putin Kozim Jaloliy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing