Putin Qurolli Kuchlar shtat sonini oshirdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari soni 137 ming kishiga oshirildi. Bu haqdagi hujjat mamlakat Prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan. Hujjat 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. 

Shunday qilib, hujjatga ko‘ra, Rossiya Qurolli Kuchlarining vakolatli kuchi kelasi yil boshidan 2 million 39 ming 758 kishi, jumladan, 1 million 150 ming 628 nafar harbiy xizmatchilar darajasida belgilandi. 

Bu boradagi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan avvalgi farmonda bu ko‘rsatkich 1 million 902 ming 758 tani, jumladan, 1 million 13 ming 628 nafarni harbiy xizmatchilar tashkil etgan edi. O‘z kuchini yo‘qotgan farmon 2018 yil 1 yanvardan kuchga kirgan. 

Shu bilan birga, Rossiya harbiy departamenti chaqiruvdan butunlay voz kechishni rejalashtirmayapti. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning ma’lum qilishicha, 2015 yil yakuniga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlarida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar soni 352 ming kishiga yetgan va birinchi marta harbiy xizmatni o‘tagan askarlar va dengizchilar sonidan oshib ketgan, ya’ni 297 ming kishi. Shuningdek, qo‘shinlarda 270 mingga yaqin ofitser, michman (harbiy-dengiz floti, daryo flotlari va qirg‘oq qo‘riqlash qo‘shinlari yoki bir qator mamlakatlarning oxirgi tuzilmalaridagi harbiy xizmatchilarning harbiy unvoni va kema harbiy unvoni – tahr.) va praporshist (harbiy unvon, qurolli kuchlar va boshqa kuch tuzilmalaridagi toifa – tahr.)lar bor edi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining 2019-2025 yillarga mo‘ljallangan faoliyat rejasi loyihasi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar sonini 2025 yil oxiriga kelib 475,6 ming kishiga oshirishni nazarda tutadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

165

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing