Putin qöl uzatdi, Si Szinpin rad etdi: Rossiya Prezidenti Xitoyda noqulay ahvolga tuşdi (video)
Olam
−
11:45 2643 2 daqiqa
Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni noqulay vaziyatga solib qöydi. Şençjenda ötayotgan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammitida u Putinning qöl berib körişiş taklifiga javob bermadi. Keyin esa Rossiya yetakçisini AQŞ Prezidenti Donald Tramp yonidan çetga surib, rafiqasi uçun joy böşatdi. Bu holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Qayd etilişiça, voqea keça, 18 noyabr kuni uç davlat rahbari guruh bölib suratga tuşişga tayyorlanayotgan vaqtda yuz bergan. Putin avvalroq Tramp bilan iliq körişib, u bilan qisqa suhbatlaşgan edi. Biroq Si Szinpin bilan uçraşganida vaziyat boşqaça tus oldi. Xitoy rahbari Rossiya prezidentining qöl uzatişiga javob bermagandek körindi.
.png)
Şundan söng Tramp Putinga yonida turişni işora qildi. Ammo Si Szinpin uni çetga surib, rafiqasi – Xitoyning birinçi xonimi Pen Liyuan uçun joy oçdi. Natijada Putin suratga tuşiş vaqtida yolğiz qoldi, Xitoy rahbari esa unga orqa ögirib, Tramp bilan suhbatlaşdi.
E’tiborlisi, Si Szinpin sammitga kelgan Trampni Şençjen aeroportida şaxsan kutib oldi. Bu Xitoy rahbari lavozimga kelganidan beri xorijiy davlat rahbarini aeroportda kutib olgan ilk holat böldi. Putin esa Xitoyga kelganida bunday kutib olinmagan. Uni Xitoy aeroportida Si Szinpinning yaqin yordamçisi Say Si kutib olgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Trampning Xitoydagi Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti vaqtida uxlab qolgani aks etgan video tarqalgan edi. 80 yoşli prezident Xitoy rahbari Si Szinpin mintaqa kelajagi haqida nutq sözlayotgan paytda közlarini yumgan va uxlab qola boşlagandek köringan.
Live
Barchasi11:52