Putin Qirg‘izistonga bordi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga keldi. Putin u yerda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ikki davlat prezidentlari hukumatlararo, idoralararo va boshqa hujjatlar to‘plamini imzolashlari kutilmoqda. 

Bundan tashqari, Putin va Japarov Qirg‘izistonning Kant shahridagi Rossiya harbiy havo bazasining 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etadi. Siyosatchilarga 9-13 oktyabr kunlari Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan KXSHT davlatlarining “Buzilmas birodarlik – 2023” qo‘shma mashg‘ulotlari haqida hisobot beriladi.

Shuningdek, Rossiya va Qirg‘iziston prezidentlari Jalolobodda ikki mamlakat sanoat kooperatsiyasiga bag‘ishlangan 10-mintaqalararo konferensiya ishtirokchilariga qutlov videomurojaatlari bilan chiqadi.

13 oktyabr kuni Bishkekda MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tez orada Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan MDH sammitida ishtirok etishini, u yerda mavqedoshlari, jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishini ma’lum qilgan edi.

Shundan so‘ng, Qirg‘izistonda ham Putin kelishiga alohida xavfsizlik choralari ko‘rila boshlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing