Putin Istanbulda!

Olam

image

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Suriyaga tashrif buyurgani, u yerda mamlakat Prezidenti Bashar Asad bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik. Davlat rahbari 7 yanvart oqshomida Suriyadan Turkiyaga parvoz qildi. Ayni vaqtda Prezident Putin Istanbulda.  

Vladimir Putinning Turkiyaga tashrifining asosiy tadbirlari bugun, 8 yanvarga rejalashtirilgan. 

Vladimir Putin va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbul shahrida barpo etilgan “Turk oqimi” gaz quvurini ishga tushirish marosimida ishtirok etadilar. 

Mazkur gaz quvuri orqali Rossiya gazi Yevropaga yetkazib beriladi. Ushbu loyiha ikki liniyadan iborat bo‘lib, ularning har biri 15,75 milliard kubometr tabiiy gazni tashishga qodir. 

Shuningdek, Putinning tashrifi doirasida ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya-Turkiya munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash, xalqaro ahamiyatga molik muammolar, jumladan Suriya va Liviyadagi vaziyat muhokama qilinadi.

Erdo‘g‘an va Putin muloqotida Eron va AQSH munosabatlariga to‘xtaladimi yo yo‘q? Rasmiylar bu savollarga javob berganicha yo‘q. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rossiya-Turkiya

Baholaganlar

218

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing