Putin ingliz tilini tarjimonlarni tuzatadigan darajada yaxshi biladi – Kreml
Olam
−
16 avgust 13359 2 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ingliz tilini shu qadar yaxshi tushunadiki, u tez-tez o‘z tarjimonlarini tuzatadi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Putin bugun Alyaskaga yetib kelganidan so‘ng aeroportdan uchrashuv joyi bo‘lgan harbiy bazagacha AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan birga uning limuzinida ketgandi. Bu shuni ko‘rsatadiki, u amerikalik mavqedoshini Trampning prezident limuzinida birga sayohat qilganida tushuna olgan.
Rossiyaning TASS axborot agentligining Peskovga tayanib yozishicha, joriy yil may oyida ikki davlat yetakchilari telefon orqali gaplashganida Putin tarjimoni Trampning gapini unga tarjima qilib bermasdan turib, mavqedoshi nima deganini tushungan.
Rossiyaning “Izvestiya” gazetasiga ko‘ra, 2017 yilda Peskov Putin ingliz tilini “deyarli to‘liq” tushunishini va hattoki tarjimonlarni to‘g‘rilashini aytgan edi.
“Men o‘zim ham uzoq vaqtdan beri eng yuqori darajada tarjima qilganman, shuning uchun bu qanday stress ekanligini bilaman. U “safarda” bo‘lganida, Putin “ko‘pincha ingliz tilida gapiradi, lekin muzokaralar olib borilayotganda va rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tayotganda, albatta, u tarjimonlar orqali muloqot qiladi”, degan Peskov.

Ma’lumot uchun, ayni damda Tramp va Putin Alyaskadagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasida “uchga-uch” formatda muzokara o‘tkazmoqda. Amerika vakillari sifatida Tramp bilan birga Davlat kotibi Marko Rubio va Prezidentning maxsus vakili Stivin Uitkoff ishtirok etyapti. Rossiya tomonidan “uchga-uch” formatdagi Tramp bilan muzokaralarda Putin bilan birga Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov qatnashyapti.
Tarixiy uchrashuvni “QALAMPIR LIVE” kanalida jonli kuzatib boring.
Live
Barchasi