Putin Gitler yoki Stalindan xavfliroq – Moravetskiy

Olam

image

Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni Adolf Gitler va Iosif Stalindan xavfliroq deb hisoblaydi. Bu haqda u “Daily Telegraph”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Suhbat chog‘ida u xalqaro hamjamiyatni Rossiya rahbarining “dahshatli mafkurasi”ga e’tibor qaratishga chaqirdi.

“Putin Gitler yoki Stalin emas. Afsuski, u xavfliroq. Putin ixtiyorida nafaqat halokatli qurollar [bor], balki ommaviy axborot vositalaridan ham o‘z  targ‘ibotini tarqatishda foydalanadi”, deydi Mateush Moravetskiy.

Polsha Bosh vazirining fikricha, Putinning “rus dunyosi” mafkurasi butun Yevropa uchun halokatli tahdiddir. Shuning uchun, xalqaro hamjamiyat zudlik bilan Ukrainani Putin ta’siridan xalos etishga e’tibor qaratishi lozim.

Bundan tashqari, u Ukraina ittifoqchilarini mamlakatga harbiy yordam ko‘rsatishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

667

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing