Putin G20 sammitida qatnashmasligi aytildi
Olam
−
22 Oktabr 5798 2 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning noyabr oyi oxirida Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida shaxsan ishtirok etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Peskovning aytishicha, Rossiya avvalgi kelishuvga muvofiq tarzda tadbirda munosib darajada vakillik qiladi. Peskov, shuningdek, Rossiya delegatsiyasiga kim rahbarlik qilishi keyinchalik e’lon qilinishini aytgan.
Janubiy Afrika Putinni hibsga olishga order bergan Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudning ta’sis hujjati bo‘lgan Rim statutini tasdiqlagan. Rasmiylar uning xavfsizligini kafolatlashdan bosh tortgani uchun 2023 yilda Rossiya Prezidenti BRISS sammiti uchun respublikaga tashrifini ham bekor qilgan.
Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Vinsent Magvenyaning ta’kidlashicha, Yoxannesburgdagi BRISS sammitidan so‘ng huquqiy holat o‘zgarmagan. U G20 sammitiga tayyorgarlik jarayoniga izoh berar ekan, Xalqaro jinoiy sud qaroriga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati yo‘qligini qayd etgan.
Ma’lumot uchun, bungcha Xalqaro jinoiy sudning orderi kuchda bo‘lgani sababli Vladimir Putin Braziliyaga borishdan va BRICS sammitida qatnashishdan voz kechgan. Shuningdek, 2023 yilning oxirida Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Rio-de-Janeyroda o‘tadigan G20 sammitiga tashrif buyurishni rejalashtirgan Putin uchun daxlsizlik kafolatini berishdan bosh tortgan.
Da Silvaning ta’kidlashicha, agar Putin sammitda qatnashishni istasa, bu masala hukumat tomonidan emas, balki sud tizimi tomonidan hal qilinadi. U, shuningdek, o‘zi ham tadbirda ishtirok etib, forumning normal jarayoniga xalaqit bermoqchi emasligini aytib, aks holda butun e’tibor hibsga olish orderi masalasiga qaratib qo‘yilishi mumkinligini aytgan. Mazkur sammitda Rossiya nomidan Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Janubiy Afrika Respublikasida joriy yining 22-23 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashmasligi haqida xabar berilgandi. G20 yetakchilari uchrashuvida Oq uy rahbari o‘rniga AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens ishtirok etishi aytilgan.
Mohichehra Qadamova