Putin Eronga keldi

Olam

image

Bugun, 19 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin “Ostona jarayoni”  sammitida ishtirok etish uchun Eron poytaxti Tehronga bordi. Putin tashrifni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashishdan boshladi. 

“Moskva va Tehron Suriya inqirozini hal qilishga katta hissa qo‘shmoqda. Biz xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamkorligimizni mustahkamlayapmiz. Suriya inqirozini hal qilishga katta hissa qo‘shmoqdamiz", deydi Rossiya davlati rahbari. 

Putin mehmondo‘st Eron tuprog‘ida, Rossiyaning do‘stlari qatorida bo‘lishdan juda mamnun ekanligini ta’kidladi. U ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi sur’atlarda rivojlanib borayotganiga e’tibor qaratdi. 

“Endi  Moskva va Tehron “savdo o‘sishi bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar” bilan maqtanishlari mumkin”, deydi Putin.

Putin Tehronga tashrifi chog‘ida ushbu mamlakat oliy rahbari Oyatulloh Sayyid Ali Xomanaiy va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan yakkama-yakka uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan. 

Ma’lumot uchun, Tehronda Suriya mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish kafolati bo‘lgan davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, sammitda Rossiya, Eron va Turkiya Prezidentlari ishtirok etadi. Tomonlar muzokaralar yakunida qo‘shma bayonot qabul qilishni rejalashtirmoqda.  

Rossiya, Turkiya va Eron 2017 yil yanvar oyida Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Suriyadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishning kafillari bo‘lgan va shu sababli “Ostona jarayoni” deb nomlangan. 2019 yilda Ostona nomi Nur-Sultonga o‘zgartirilganiga qaramay, muzokaralar formatining nomi o‘zgarishsiz qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ibrohim Raisiy Ostona jarayoni

Baholaganlar

412

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing