Putin Erdo‘g‘an bosh bo‘lgan don bitimini “bir tomonlama o‘yin” deb atadi
Olam
−
14 iyul 2023
9824Don shartnomasi bir tomonlama o‘yin, Rossiya manfaatlariga nisbatan hech narsa qilinmagan. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Rossiya-24” telekanalida aytib o‘tdi.
“Ukraina g‘allasini eksport qilish xavfsizligini ta’minlashga kelishilgan shartlarga kelsak, ha, BMT bilan ushbu kelishuvning bandlari bor edi, unga ko‘ra Rossiya manfaatlarini hisobga olish kerak edi: bu logistika, bu sug‘urta, bu bizning mahsulotimiz uchun to‘lov bilan bog‘liq pul harakati va boshqa ko‘plab fikrlar. Hech narsa, men buni ta’kidlamoqchiman, umuman hech narsa qilinmadi. Hammasi bir tomonlama o‘yin. Rossiya Federatsiyasining manfaatlari mavjudligi bilan bog‘liq biron bir nuqta bajarilmagan. Shunga qaramay, biz o‘z ixtiyorimiz bilan ushbu shartnomani ko‘p marta uzaytirdik. Ko‘p marotaba. Lekin, bilib qo‘ying, yetar endi”, degan Putin.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi hali ham don shartnomasini uzaytirish masalasida qanday harakat qilish haqida o‘ylaydi.
“Hozir bizga: “Yo‘q, siz yana bir bor muddatni uzaytirishga rozi bo‘ling, biz baribir sizga bergan va’dalarimizni bajaramiz”, deb aytishyapti”, deydi Rossiya rahbari.
Uning qayd etishicha, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish rahbarlagidagi vakolatli xodimlar Don kelishuvi shartlarini, shu jumladan Rossiyaning talablarini bajarishga harakat qilmoqda.
“Ammo ular muvaffaqiyatga erisha olmaydi, chunki G‘arb davlatlari bu va’dalarni bajarmoqchi emas”, deydi Putin.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning 22 iyul kuni Istanbulda xalqaro bozorlarga oziq-ovqat va o‘g‘it yetkazib berish bo‘yicha hujjatlar to‘plami (Don kelishuvi) imzolangan. Dastlab shartnomalar 120 kunga tuzilgan bo‘lsa, 2022 yilning noyabr oyida ular xuddi shu muddatga uzaytirilgan. Shu yilning 18 may kuni Rossiya kelishuv muddatini 60 kunga, ya’ni 17 iyulga qadar uzaytirishini e’lon qilib, bu vaqt BMT bilan imzolangan memorandumning bajarilishini baholash uchun yetarli bo‘lishini ogohlantirgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi barcha kelishuvlar paketidan faqat Qora dengiz tashabbusi amalga oshirilayotganini, Rossiya Federatsiyasi va BMT memorandumi doirasida hech narsa qilinmaganini ta’kidlagan. 30 iyun kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hozircha kelishuvlarni uzaytirish tarafdori hech qanday sabab ko‘rmayotganini aytgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr