Putin davrida Navalniy qamoqdan chiqmaydi – ekspert

Olam

image

Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy Vladimir Putin prezidentligi davrida ozodlikka chiqa olmaydi. Bu haqda iqtisodiyot fanlari doktori, “Postindustrial jamiyat tadqiqotlari” markazi direktori Vladislav Inozemsev “Znak” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi

“Navalniy Putin davrida ozodlikka chiqa olmaydi. Shuning uchun rossiyaliklar kelgusi norozilik harakatlari uchun hukumat bilan murosaga kirisha oladigan yangi yetakchilar topishi kerak”, deydi Inozemsev. 

Siyosiy arbobning ta’kidlashicha, hozirgi muxolifat elitasi jamiyatni larzaga keltira olmaydi, chunki u “o‘z dunyosida” yashayapti, odamlarga aslida nima kerakligini tushunmay, parchalanmoqda.

Inozemsev, shuningdek, Rossiyada boshlanishi kutilayotgan “Navalniyga ozodlik!” shiori ostidagi yangi namoyishlar haqida ham o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashgan.

“Yanvar oyidagi mitinglarga odamlar Navalniy chorlagani uchun emas, balki rostdan ham Putinga qarshi bo‘lgani va mamlakatning iqtisodiy holatidan charchagani uchun chiqqandi. 

Hozir Alekseyning komandasi tashkillashtirayotgan “Navalniyga ozodlik!” shiori odamlar orasida ko‘p ishtiyoqqa sabab bo‘lmaydi. Ular bizni nafaqat Navalniy uchun, balki ozodlik uchun ham ko‘chaga chiqishga chorlayapti. Albatta, odamlar Aleksey kabi soxta ayblovlar bilan qamoqqa tushmasligi kerak, ammo ko‘chaga chiqadigan har bir odamning o‘z ismi bor va bu Navalniy emas”, deydi Inozemsev.

Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniyning jamoasi yangi norozilik namoyishlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Buning uchun muxolifat “Navalniyga ozodlik“ nomli maxsus veb-sayt ochgan. Ushbu saytda mitinglarda qatnashish istagini bildirib, 500 ming kishi ro‘yxatdan o‘tganda namoyishlar boshlanadi. Ayni vaqtda ro‘yxatdan o‘tganlarning soni 377 546 kishiga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

239

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing