Putin BRICS don birjasini tashkil etishni taklif qildi
Olam
−
23 Oktabr
4276Ishbilarmonlik faolligi markazi asta-sekin rivojlanayotgan bozorlar tomon siljiydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin BRICS sammitining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida so‘z ochdi.
“Jahon savdosi va umuman jahon iqtisodiyotida – biz buni hozirgina cheklangan formatda aytib o‘tdik – sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ijobiy tomoni shundaki, ishbilarmonlik faolligining diqqat markazida asta-sekin rivojlanayotgan bozorlar tomon siljish kuzatilmoqda. Ko‘p qutbli model shakllanmoqda, bu o‘sishning yangi to‘lqinini boshlaydi, bu birinchi navbatda Global Janub va Sharq mamlakatlari – va tabiiyki, BRICS davlatlari hisobiga”, dedi Putin.
Uning ta’kidlashicha, BRICS mamlakatlari "mas’uliyatli makroiqtisodiy va moliyaviy siyosat" tufayli mustahkamlikni namoyish etmoqda.
“Umuman olganda, BRICS mamlakatlari iqtisodiyotiga kelsak, ular hukumatlarimizning mas’uliyatli makroiqtisodiy va moliyaviy siyosati tufayli yetarli darajada barqarorlikni namoyish etmoqda”, dedi Rossiya rahbari.
Putin investitsiya platformasini yaratish zarurligini ham ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu BRICS mamlakatlari iqtisodiyoti salohiyatini maksimal darajada oshirish va global iqtisodiy o‘sishdan foydalanish uchun zarur.
“Shu munosabat bilan biz BRICS’ning yangi investitsiya platformasini yaratishni taklif qilamiz, bu bizning iqtisodiyotimizni qo‘llab-quvvatlashning kuchli vositasiga aylanadi, shuningdek, Global janub va Sharq mamlakatlarini moliyaviy resurslar bilan ta’minladi", dedi Putin.
Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti rivojlangan mamlakatlarda qarz yuki ortib borayotgani sababli dunyoda yangi inqiroz yuzaga kelishi ehtimoliga e’tibor qaratdi.
“Muhim inqiroz salohiyati ham saqlanib qolmoqda. Gap nafaqat tobora kuchayib borayotgan geosiyosiy keskinlikda, balki rivojlangan mamlakatlarda qarz yukining surunkali o‘sishi davom etayotganida, bir tomonlama sanksiyalar, proteksionizm va adolatsiz raqobat amaliyoti kengaymoqda”, dedi Putin.
Rossiya Prezidenti, shuningdek, "bozordan raqobatchilarni yo‘q qilish uchun iqlim kun tartibidan foydalanishga urinishlarga" qarshi turishga chaqirdi.
“Jahon iqtisodiyotining past emissiyali rivojlanish modellariga o‘tishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muvozanatli yondashuvlarni birgalikda ilgari surishni davom ettirish zarur. Va har qanday yo‘l bilan raqobatchilarni bozordan chiqarib tashlash uchun iqlim kun tartibidan foydalanishga urinishlarga qarshi turish kerak”, deydi Putin.
Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti BRICS don birjasini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.
“Bir qator BRICS davlatlari don, dukkakli va yog‘li o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha dunyodagi eng yirik davlatlar qatoriga kiradi. Shu munosabat bilan ular oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi alohida rolini hisobga olgan holda mahsulot va xomashyo uchun adolatli va prognoz qilinadigan narx ko‘rsatkichlarini shakllantirishga yordam beradigan BRICS don birjasini ochishni taklif qilishdi”, dedi u.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashabbusning amalga oshirilishi milliy bozorlarni salbiy tashqi aralashuvdan, chayqovchilikdan va oziq-ovqat mahsulotlarining sun’iy tanqisligini keltirib chiqarishga urinishlardan himoya qilishga yordam beradi.
“Vaqt o‘tishi bilan don birjasini to‘laqonli tovar birjasiga aylantirish haqida o‘ylash mumkin bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qildi u.
22-24 oktyabr kunlari Qozon shahrida Rossiya Federatsiyasining assotsiatsiyaga raisligining muhim voqeasi bo‘lgan BRICS’ga a’zo davlatlar rahbarlarining o‘n oltinchi sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda 30 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Qozonga borgan xorijiy yetakchilar orasida, xususan, Xitoy rahbari Si Szinpin, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosa bor.