Putin Bosh vazirning yangi o‘rinbosarini tayinladi. U sanksiyalar zahridan qutqarishiga umid qilinyapti

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Denis Manturovni Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Sanoat va savdo vaziri lavozimiga tasdiqladi. “Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri to‘g‘risida”gi farmon bugun, 15 iyul kuni imzolangan va Kreml saytida e’lon qilindi. 

“Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 83-moddasi “ye” bandiga muvofiq Denis Valentinovich Manturov Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Sanoat va savdo vaziri etib tayinlansin, u egallab turgan lavozimidan ozod qilinsin. Mazkur farmon imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi”, deyiladi hujjatda. 

Bugun avvalroq Davlat dumasi Manturovni Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Sanoat va savdo vaziri lavozimiga tasdiqlash uchun ovoz berdi. Manturov parlament quyi palatasining yalpi majlisida Davlat Dumasi deputatlariga ishonch uchun minnatdorlik bildirdi va uni oqlashga va’da berdi. 

Hukumatda Bosh vazir o‘rinbosarlari

Avvalroq Putin o‘z farmoni bilan Vazirlar Mahkamasiga Bosh vazir o‘rinbosari – Sanoat va savdo vazirligi rahbari lavozimini kiritgan edi. Hozirgi lavozimga tayinlangunga qadar vazirlikka Manturov rahbarlik qilgan. 12 iyul kuni Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin Manturov nomzodini Davlat Dumasiga Bosh vazir o‘rinbosari – Sanoat va savdo vaziri lavozimiga taqdim etdi. Manturov nomzodini qo‘llab-quvvatlashi avvalroq Davlat Dumasining barcha fraksiyalari tomonidan e’lon qilingan edi. 

Qonunga ko‘ra, Bosh vazir o‘rinbosarlari nomzodlari Davlat Dumasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin Prezident tomonidan tayinlanadi. Bosh vazir parlament quyi palatasi deputatligiga nomzodni bo‘sh o‘rin paydo bo‘lgan paytdan e’tiboran bir haftadan kechiktirmay taqdim etadi, shundan so‘ng deputatlarga qaror qabul qilish uchun bir hafta muddat beriladi. Prezident Davlat Dumasi tomonidan tasdiqlangan Bosh vazir o‘rinbosarini tayinlashni rad etishga haqli emas, lekin palata roziligisiz, agar u uch marta unga taqdim etilgan nomzodlarni rad etsa, u Bosh vazir o‘rinbosarini tayinlashi mumkin. 

Bir kun avval Mishustin Manturovga Davlat Dumasi deputatligiga nomzodini ma’qullashda omad tiladi va uni katta ish tajribasiga ega mutaxassis sifatida ta’rifladi. Bosh vazir, shuningdek, mamlakat sanoati oldida nafaqat ishlab chiqarish hajmini saqlab qolish, balki qisqa muddatda mamlakat uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqarishga o‘tishni ta’minlash kabi mas’uliyatli vazifa turganini ham ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, hozir misli ko‘rilmagan sanksiyalar sharoitida qarorlar qabul qilish va ularni kelgusida amalga oshirishning yuqori tezligi talab etiladi, chunki tarmoqlar turli cheklashlar va taqiqlar ta’sirida qolmoqda va mavjud dinamikaga imkon qadar moslashuvchan munosabatda bo‘lish zarur.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida qatnashish uchun O‘zbekistonga kelgan Denis Manturov Prezident Shavkat Mirziyoyevning qabulida bo‘lgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Denis Manturov

Baholaganlar

96

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing