Putin bilan Ukraina haqida gaplashish imkonsiz – Berbok

Olam

image

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok yaqin kelajakda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyati yo‘qligini aytdi. Bu haqda u “Bild” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada urush boshlanishidan oldin muzokaralar orqali mojaroning yanada kuchayishini oldini olishga harakat qilingan.

"Buning javobi Ukrainaga 100 ming askar kiritilishi bo‘ldi. Men muzokaralar olib borishimizni istardim. Lekin hozir gap siz istagan narsada emas, balki faktlar bilan yuzma-yuz turishda bormoqda", deydi Berbok.

Shuningdek, Germaniya Tashqi ishlar vaziri Rossiya armiyasi Ukraina hududini tark etsa, vaziyat o‘zgarishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Annalena Berbok Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi oldidan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘z davlatini yo‘q qilayotgani, rus propagandasida esa yoriqlar paydo bo‘layotganinini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Rossiya Putin Ukraina Annalena Berbok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing