Putin Baydenni maqtab, uning salbiy imijida Amerika nashrlarini aybladi

Olam

image

Rossiya va Amerika ommaviy axborot vositalari tomonidan yaratilgan AQSH Prezidenti Jo Bayden to‘g‘risidagi tassavur haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Rossiya davlati rahbari Vladimir Putin Davlat boshqaruvi oliy maktabining kadrlar zaxirasi dasturi bitiruvchilari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Prezident Baydenning Rossiya va hatto, Amerika matbuoti tomonidan shakllantirilayotgan obrazi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deya Putin Jeneva sammiti haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mohir professional

Vladimir Vladimirovich Amerika rahbarining Jeneva sammitigacha Yevropa bo‘ylab sayohat qilganini, buning uchun olis Amerikadan uchib kelganini eslagan.

“U uzoq safarda, okean ortidan uchib kelgan. Hali vaqt zonalarining o‘zgarishi bor. Umuman olganda, hatto o‘zim ham samolyotda uchganimda charchayman”, deydi Rossiya Prezidenti.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Bayden uzoq masofadan kelgan bo‘lsa-da, Jenevadagi sammitda tetik ko‘ringan va 3 soatdan ortiq yuzma-yuz suhbatda qatnashgan.

Shuningdek, Rossiya Prezidenti Baydenning Jenevadagi sammitda bir necha bor shpargalkadan foydalanganiga ham to‘xtalib o‘tgan.

“U barcha ma’lumotdan xabardor. Vaqti-vaqti bilan u qo‘lidagi yozuvlarga qarab turdi, ammo hammamiz ham shunday qilamiz”, deydi Putin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida Rossiya-AQSH sammiti bo‘lib o‘tdi. Ushbu sammit doirasida Vladimir Putin va Jo Bayden 3 soatdan ortiq yuzma-yuz muzokara olib bordi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning mart oyida Jo Bayden samolyotga chiqayotganida trap zinasida bir necha borib qoqildi va yiqilishiga ham sal qoldi. Bu holat esa nafaqat xorijiy, balki mahalliy OAVda ham anchagina kulgiga olindi. Bundan tashqari, Baydenning AQSH prezidentligiga saylovlar vaqtida 1-2 bor nutqida adashib qolgani, muzokara va turli xil chiqishlar vaqtida shpargalkadan foydalanishi ham keng muhokama qilinib, memlarga aylangandi. 

Qayd etish kerakki, Jo Bayden AQSHning eng keksa Prezidenti, u 78 yoshda. Shunday bo‘lsa-da, Bayden Amerikaning eng tajribali siyosatchisi. Putin ham uning tajribali ekanini Jeneva sammiti yakuni bo‘yicha tashkil etilgan matbuot anjumnida bot-bot ta’kidlagan hamda uni professional, deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing