Putin Baydenga hamdardlik bildirdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin  AQSHning bir qator shtatlarida sodir bo‘lgan tornadolar oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan mamlakat  Prezidenti Jo Baydenga hamdardlik bildirib, telegramma yubordi. Putin yuborgan  telegramma bugun Kreml saytida e’lon qilindi.

“Janob Prezident, Kentukki va AQSHning boshqa bir qator shtatlarida sodir bo‘lgan tornadoning ayanchli oqibatlari munosabati bilan samimiy hamdardligimni qabul qiling. Rossiya ushbu ofat oqibatida yaqinlarini yo‘qotganlarning qayg‘usiga sherikdir”, deyiladi telegrammada.

Ma’lumot uchun, kecha, 11 dekabr kuni AQSH sharqida joylashgan Kentukki shtatida tornado sodir bo‘lgandi.Tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 100 nafardan oshgan bo‘lishi mumkinligi aytilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

660

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made