Putin armiyani obro‘sizlantirganlarning mol‑mulki musodara qilinishi haqidagi qarorni imzoladi

Olam

−

image

Avvalroq, Rossiya Davlat Dumasi Jinoyat kodeksiga mamlakat armiyasi haqidagi soxta ma’lumotlar va davlat xavfsizligiga qarshi qaratilgan faoliyatga ommaviy chaqiriqlar uchun mol-mulkni musodara qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qilgani haqida xabar bergandik. 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin armiya haqida soxta xabarlar tarqatganlik uchun mol-mulkni musodara qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Qonun “feyk” xabarlar tarqatganlik va ekstremistik faoliyatga ochiqchasiga da’vat qilganlik haqidagi moddalar bo‘yicha sudlanganlarning mol-mulkini musodara qilish jazosini ko‘zda tutadi.

Bundan tashqari, qonunga muvofiq, dezertirlik, qo‘poruvchilik harakati va davlat sirini oshkor qilish uchun “foydalanilayotgan yoki ularni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan” pul va mol-mulk musodara etiladi.

Jinoyat kodeksida ana shunday harakatlar, xususan, qo‘poruvchilik, kontrabanda, davlat sirlarini oshkor qilish, nomaqbul tashkilot faoliyatida ishtirok etish, pora olish va berish, buyruqqa rioya qilmaslik, harbiy xizmatdan qochish – jami 30 ga yaqin jinoyat turlari qamrab olingan.

O‘zgartirishlar rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun o‘tgach kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing