Putin Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ozarbayjonlik mavqedoshi Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, uning ikki davlat o‘rtasidagi ittifoqchilik hamkorligini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasini qayd etdi. 

"Hurmatli Ilhom Haydarovich, sizni tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Sizning rahbarligingizda do‘st Ozarbayjon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidan dadil qadam tashlab, xalqaro maydonda o‘z mavqeini mustahkamlamoqda. Davlatlarimiz o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissangizni ortiqcha baholash qiyin”, deyiladi tabrik telegrammasida. 

Putin ishonchli do‘stlik munosabatlarini chin dildan qadrlashini bildirgan. 

“Ishonchim komilki, biz ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha yaqin hamkorlikdagi ishimizni davom ettiramiz", deb ta’kidlanadi tabrik maktubida. 

Putin Aliyevga sihat-salomatlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar tilagan. 

Bugun, 24 dekabr kuni Ilhom Aliyev 61 yoshga to‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing