Putin Aliyevga telegramma yubordi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevga davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. 

“O‘tgan o‘n yilliklar davomida do‘stlik va o‘zaro hurmatning yaxshi an’analariga asoslangan Rossiya-Ozarbayjon munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi. Konstruktiv siyosiy muloqot kengayib bormoqda, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va boshqa sohalarda samarali hamkorlik rivojlandi”, deya yozgan u o‘zining telegrammasida.

Vladimir Putin o‘tgan yili va 2020 yil tuzilgan uch tomonlama kelishuvlarga asoslanib, davlatlar transkavkaz mintaqasida barqarorlik hamda xavfsizlikni mustahkamlash borasida hamkorlikda ish olib borayotganini ham eslatgan.

Shuningdek, Rossiya davlati rahbari joriy yilda imzolangan mamlakatlar o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya haqida gapirar ekan, ikki tomonlama munosabatlarni yangi, sifat jihatidan yanada yuqori bosqichga olib chiqish Rossiya va Ozarbayjon xalqlarining tub manfaatlariga javob berishiga ishonch bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, jori yiylning 22 fevral kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish maqsadida Moskvaga kelgan edi.  Ular o‘rtasidagi muloqot taxminan to‘rt soat davom etgan. Suhbat chog‘ida Prezidentlar Qorobog‘dagi vaziyatni ham muhokama qilgan va Rossiya Prezidenti Qorabog‘ mojarosini hali to‘liq hal etilmagan bo‘lsa-da, hal qilingan deb baholagan.

So‘ng, davlat rahbarlari, bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha ittifoqchilik hamkorligi to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolagandi. 

Putinga ko‘ra, hujjat “ikki tomonlama munosabatlardagi muhim voqea – diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga” bag‘ishlangan. Putin deklaratsiyaning imzolanishini Rossiya-Ozarbayjon munosabatlari rivojlanishidagi yangi bosqich deb atadi. 

Ozarbayjon Prezidenti esa, mazkur hujjat ikki davlat, ularning o‘zaro hamkorligi, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik uchun “albatta juda ijobiy ma’noga ega bo‘lishini” ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing