Putin 25 yilga qamalgan seriyali qotilni mukofotladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin besh kishini o‘ldirish, bosqinchilik, talonchilik va odam o‘g‘irlashda ayblanib, 25 yilga qamalgan rossiyalik Ivan Neparatovni “Jasorat uchun” medali bilan taqdirladi. Bu haqda “The Insider” xabar berdi.

2013 yilda Neparatov va uning to‘dasining sakkiz nafar a’zosi qotillik, qiynoqlar, odam o‘g‘irlash, noqonuniy qurol saqlash va boshqa jinoyatlarda ayblangan. Bosqinchining o‘zi 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Dastlab jinoyatchi Lugansk viloyatini egallash uchun yuborilgan bo‘lishi mumkin. Buning uchun LXR rahbari Leonid Pasechnik ham unga medal topshirgan.

O‘lim guvohnomasiga ko‘ra, Ivan Neparatov5 avgust kuni Donetsk viloyati Artemovsk shahrida yo‘q qilingan. U o‘ziga tayinlangan qamoq jazosining 12 yillini o‘tagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2185

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing