Po‘lat Bobojonovning o‘g‘li “Qishloq qurilish bank”da yuqori lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

ATB “Qishloq qurilish bank” Kuzatuv kengashining tegishli qaroriga asosan bank Boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Boboxon Po‘latovich Bobojonov ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Boboxon Bobojonov bunga qadar Markaziy bank va ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida turli lavozimlarda hamda Toshkent davlat yuridik universitetining moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori vazifasida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Sanjar Olimjonov ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.

so.JPG

Sanjar Olimjonov shu kunga qadar AITB “Ipak Yo‘li” G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qishloq qurilish bank

Baholaganlar

655

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing