“Qishloqqurilishbank” mas’ul xodimi 1,2 mlrd so‘mni “rastrata” qilgani fosh bo‘ldi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida ATB “Qishloq qurilish bank” mas’ul xodimi yirik miqdorda davlat mablahini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ATB “Qishloq qurilish bank” Sariosiyo filiali chakana xizmatlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Sh. va boshqalar tuman xalq ta’limi tizimidagi maktab o‘qituvchilari va xodimlariga to‘lanishi kerak bo‘lgan 2019 yil dekabr va joriy yilning yanvar oyi uchun ish haqlari va avans pullari hisobidan jami 1,2 mlrd so‘m pul mablag‘larini bank kassasidan olib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.

Shuningdek, ushbu tekshiruv davomida Sh.Sh. va boshqalar tomonidan o‘zlashtirilgan 1,2 mlrd so‘m byudjet pul mablag‘lari Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Sariosiyo tuman bo‘limi tashabbusi bilan undirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Sh. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qishloq qurilish bank

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing