“Pul bermay, tizim yaratmay aytganimda boshqa gap edi”. Prezident ishsizlik bo‘yicha talab qo‘ydi
Jamiyat
−
01 fevral 2021
6059O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati aks etgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida 26 yanvar kuni o‘tkazilgan joriy yilda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishdan lavha taqdim qilindi. Unda Prezident ishsizlik masalasida rahbarlarni tanqid qildi.
“Men yana bir marta aytaman: qog‘oz hamma narsani ko‘taradi. Men sizlar bilan bu majlisni o‘zimni ham qiynab, sizlarni ham qiynab o‘tkazmas edim. Favqulodda vaziyat, har 15 kunda prezidentga har bir tuman bo‘yicha tahlil. Pirovard maqsad - ish joyi. Sizlarda shu, boshqa hech qanday ko‘rsatkich yo‘q. Ish joyi, yalpi ishlab chiqarish, bo‘ldi. Pul bermasdan aytganimda boshqa gap edi, monomarkazlar bo‘lmay, tizimni qilib bermaganimda boshqa gap edi. To‘g‘rimi? Struktura qilib bermay, Kambag‘allikni qisqartirish va iqtisodiy taraqqiyot vazirligi bo‘lmaganida boshqa gap edi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, Prezident tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga ham alohida to‘xtalib o‘tgan. Davlat rahbari mansabdor shaxslar oldiga uzluksiz mexanizmni ishga tushirish bo‘yicha aniq vazifa qo‘ygan.
LiveBarchasi