Pugachyovaning qizi Rossiya siyosatiga qarshimi?

Madaniyat-san’at

image

Rus estradasi primaddonasi Alla Pugachyovaning qizi Kristina Orbakayte va Rossiya xalq artisti Igor Nikolayev Ukraina bayrog‘i ranglari aks etgan kiyimda duet ijro etdi. Bu haqda “Express” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Rossiya 1” telekanalidagi musiqiy chiqishda avvaliga 51 yoshli Kristina Orbakayte sariq libosda sahnada qo‘shiq kuylagan. Keyinroq sahnada Igor Nikolayev ko‘k kastyumda ko‘rinish bergan. Ular kiygan kiyimlarning rang mosligi tomoshabinlarga Ukraina bayrog‘i ranglarini ramziy ravishda eslatgan. Shuningdek, ko‘pchilik ularning kiyinish uslubiga siyosiy baho bergani aytilmoqda.

Kristana Orbakayte va Igor Nikolayev ko‘rinish bergan “Rossiya 1” telekanali Yevropa Ittifoqi Kengashining Rossiyaga qarshi to‘qqizinchi sanksiyalar paketi doirasida “qora ro‘yxat”ga kirgan edi.

Ma’lumot uchun, Kristina Orbakayte 1971 yilning 25 mayida Moskvada xonanda Alla Pugachyova va rassom Mikolas Edmundas Orbakasning oilasida tug‘ilgan. Ikki yasharligida ota-onasi ajrashadi. Orbakaytening san’at sohasiga kirib kelishi uning yoshlik daviga to‘g‘ri keladi. U onasining buvisi nazorati ostida pianino bilan shug‘ullanadi. Orbakayte hisobiga ko‘ra, u hozirgacha o‘nga yaqin televizion va musiqiy filmlarda chiqish qilgan. Xonandaning repertuarida bir yuz ellikdan ortiq qo‘shiqlar mavjud. Bundan tashqari, u Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazavor bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida Orbakaytening onasi Alla Pugachyova egizak farzandlari Liza va Garri hamrohligida Moskva — Tel-Aviv yo‘nalishida, bir tomonlama chipta bilan uchib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing