Pugachyova va Galkin Isroil fuqaroligidan mahrum etilishi mumkin

Madaniyat-san’at

image

Rus estradasi primadonnasi Alla Pugachyova va uning turmush o‘rtog‘i Maksim Galkin Isroil fuqaroligidan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalarida xabar berildi. 

Qayd etilishicha, yahudiylarning Isroilga qaytarilishini nazarda tutuvchi “Qaytish to‘g‘risida”gi qonun e’tiqodini o‘zgartirgan yahudiylarni mamalakatga qaytishini taqiqlaydi.

Baxtga qarshi, Isroil ommaviy axborot vositalari ushbu juftlikning dinini o‘zgartirib, cherkovda turmush qurganini payqab qolgan.

“Galkinning onasi yahudiy bo‘lgani tufayli ularga mamlakatga ko‘chib o‘tishga ruxsat berildi. Ammo ular cherkovda turmush qurdi va to‘y marosimida Galkinning ko‘kragida Masihning ikonasi osilgan edi. Ular qonuniy jihatdan fuqarolikka loyiq emas”, deyiladi OAV xabarida.

Ma’lumot uchun, xonanda joriy yilning 22 mayida Isroil fuqaroligini qabul qilib, pasport olgan edi.

Avvalroq Rossiyaga qaytganiga hali ko‘p bo‘lmagan estrada yulduzi Alla Pugachyova egizak farzandlari Liza va Garri hamrohligida Moskva-Tel-Aviv yo‘nalishida, bir tomonlama chipta bilan Isroilga uchib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

536

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing