PSJda futbolchilardan tashqari ularning muxlislari bilan ham ishlayman – Pochettino

Sport

image

 PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yulduz futbolchilar bilan ishlashda duch keladigan qiyinchiliklar haqida gapirdi.

“PSJda dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan, balki ularning oilalari, atrof-muhit va muxlislari bilan ham ishlaymiz. Bu oson emas. Ammo bizning majburiyatlarimiz bor. Biz muvozanatni saqlashimiz kerak, bu futbolchilarga ham tegishli. Hech qanday javobgarlik yo‘qligini bilgan o‘yinchi tartibga bo‘ysunmaydigan bo‘lib qoladi. Muvozanat buzilganda hammasi izdan chiqa boshlaydi”, deydi murabbiy “L’Equipe” nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Pochettino jamoaning taktikasi haqida gapirib, Lionel Messining harakatlariga yuqori baho bergan edi.

Ma’lumot uchun, argentinalik 49 yoshli mutaxassis Parij jamoasi murabbiyi sifatida 46 ta o‘yin o‘tkazib, 33 g‘alaba va 9 mag‘lubiyat qayd etgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Messi Neymar PSJ Mbappe Pochettino

Baholaganlar

13

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing