PSJ transfer rekordini yangilashi mumkin
Sport
−
12:03 441 1 daqiqa
Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi yaqin vaqt ichida bir transfer oynasida futbolchilar sotuvi bo‘yicha o‘z rekordini yangilashi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Avvalroq, Ibragima Mbayening PSJdan “Aston Villa”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Parijliklar ushbu transferdan taxminan 55 million yevro ishlab olishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Bredli Barkola yaqin orada 140 million yevro evaziga “Liverpul” safiga o‘tadi. Shuningdek parijliklar joriy yozda Gonsalo Ramos, Randal Kolo Muani va Li Kan In transferidan 165 mln yevro ishlab olgandi.
Agar har ikki kelishuv ham amalga oshsa, PSJ futbolchilar sotuvidan jami taxminan 360 million yevro ishlab oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu klub tarixida bir transfer oynasi davomidagi yangi rekord bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Luis Enrike shogirdlari Liga 1da muvaffaqiyatli start olmadi. PSJ ikkinchi turda “Lill” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan. Parijliklar ikki turdan so‘ng 2 ochko jamg‘argan.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust