PSJ prezidenti 28 oyga qamalishi mumkin
Sport
−
09 mart 2022
4954Shveysariya prokuraturasi birinchi instansiya sudining PSJ prezidenti va “beIN Media” rahbari Nosir al-Xelayfiga nisbatan oqlov qaroriga apellyatsiya berdi. Ya’ni, Shveysariya prokuraturasi al-Xelayfiga 28 oylik qamoq jazosi berilishini talab qilmoqda. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar berdi.
Hozirda sud jarayonlari Bellinzona federal jinoiy sudining apellyatsiya palatasida bo‘lib o‘tmoqda. PSJ rahbaridan tashqari, FIFA’ning sobiq bosh kotibi Jerom Valkega nisbatan 35 oylik qamoq jazosi so‘ralgan.
Al-Xelayfiga rahbarlik qiladigan “beIN Media” futbol boyicha Jahon chempionati 2026 va 2030 oldidan efirga uzatiladigan teleko‘rsatuvlarning translyatsiya huquqini sotib olgan. Sotuv jarayonida, FIFA’ning sobiq amaldori Jerom Valke“beIN Media” foydasiga qaror chiqargan. Ya’ni Jerom translyatsiyani xarid qilishni istovchi boshqa raqobatchi kompaniyalarning taklifini o‘rganib chiqmagan. Ushbu ayblov yuzasidan, PSJ rahbarining iddao qilishicha, 2026 va 2030 yilgi Jahon chempionatlari translyatsiyasini sotib olishda hech qanday qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilmagan
Ma’lumot o‘rnida, ushbu jinoyat ishi allaqachon ko‘rib chiqilgan va 2020 yil oktyabr oyida al-Xelayfi birinchi instansiya sudining qarori bilan oqlangan. Valke 120 kunlik qamoq jazosiga hukm qilingandi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi