PSJ Neymarni sotadi – manba

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi braziliyalik hujumchi Neymar bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Parij klubi futbolchini joriy transfer oynasida sotmoqchi. Luis Enrike boshchiligidagi PSJ murabbiylar shtabi Neymarning ehtimoliy transferiga xalaqit bermaydi.

Kataloniya klubidagi moliyaviy ahvol tufayli Neymarning “Barselona”ga qaytishi dargumon.

Neymarda faoliyatini davom ettirish uchun uchta variant bor: Angliya chempionati, MLS va Saudiya Arabistoni chempionati.

Neymar Saudiya klubiga o‘tish niyatida emas, biroq futbolchi faoliyatini MLSda davom etirishi ehtimoli yuqori. Neymarning Fransiya klubidan ketishiga asosiy omil PSJ muxlislarining unga bo‘lgan munosabati bo‘lmoqda.

Neymarning PSJ bilan shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Neymar PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing