PSJ Neymarni “Barselona”ga emas, “Real”ga sotmoqchi
Sport
−
06 iyul 2019
4024Fransiyaning PSJ klubi Braziliya terma jamoasi futbolchisi Neymarni “Barselona”ga sotishni xohlamayapti. Bunga sabab sifatida kataloniyaliklar PSJni ogohlantirmay turib Neymar bilan kelishib olganligi aytilmoqda.
Bundan ranjigan PSJ avvaliga Neymarni “Barselona”ga 250 mln yevroga sotib yubormoqchi edi. Ammo, futbolchining shartnomadagi tovon puli bu yilga kelib 180 mln yevroni tashkil etishi, uni kattaroq pulga sotish imkoniyatini bermaydi.
Shu sababdan PSJ “Real”ga futbolchini 180 mlnga xarid qilish taklifini kiritdi. Madridliklar bu yilgi transferlar mavsumida ko‘p pul sarflaganliklari sabab Neymar sotib ololmaydi. Chunki jamoa hozirgacha deyarli 300 mln yevro ishlatib bo‘ldi.