PSJ Neymardan voz kechmoqchi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi rahbariyati futbolchi Neymar Juniorning otasiga hujumchi bilan xayrlashish istagini bildirgan. Bu haqda “El Pais” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Parij klubi rahbarlari  futbolchining otasi bilan bog‘lanib, unga braziliyalik hujumchining boshqa jamoaga o‘tish imkoniyatlarini izlashi haqida ma’lum qilgan.

Ushbu xabarni “El Pais” nashriga PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfiyga yaqin manba ham tasdiqlagan. Yaqinda bergan intervyularidan birida Al-Xelayfiy braziliyalik futbolchi klub yangi loyihasining bir qismimi, degan mazmunda savol berildi. Biroq qatarlik funksioner ushbu savolga javob berishdan qochgan.

Prezidentning o‘ziga nisbatan bunday munosabati Neymarga yoqmagan va u endilikda PSJni tark etishi mumkinligini tan ola boshladi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda 30 yoshli hujumchi PSJ safida Fransiya chempionatida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan. "Transfermarkt” portali braziliyalik iqtidor egasini 75 million yevroga  baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Neymar PSJ

Baholaganlar

27

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing