PSJ Neymardan qutulmoqchi

Sport

image
0:00
0:00
download

Fransiyaning PSJ klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida braziliyalik hujumchi Neymarni sotish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda “Le Parisen” nashri xabar berdi.

Neymar 2017 yildan beri Parij superklubida to‘p suradi. Braziliyalik futbolchi PSJ safida 171 o‘yin o‘tkazib, 117 gol urdi va 76 golga assistentlik qildi. Parijliklar 2022 yilning yozida 31 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga harakat qilgan, biroq futbolchiga xaridor chiqmagandi. 

PSJ Neymar uchun 150 million yevro talab qildi, keyinroq talabini 100 million yevroga tushirdi. Fransuz klubi o‘z vaqtida braziliyalik hujumchini “Barselona”dan 222 million yevroga sotib olgandi.

Joriy mavsumda Neymar PSJ safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U Braziliya terma jamoasi safida Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi Jahon chempionatida uchta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing