PSJ Neymar xizmatlarini “Barselona”ga taklif qilgan
Sport
−
15 noyabr 2021
6829Braziliya terma jamoasi hamda PSJ hujumchisi Neymar o‘zining sobiq klubi “Barselona”ga qaytishi mumkin. Bu haqda “Yeuro football” nashri xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, agar, parijliklar kutilmaganda Kilian Mbappeni jamoada saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishsa, klub Neymardan voz kechishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, Parij klubi Neymar davri allaqachon tugagan deb hisoblamoqda. Rahbariyatning fikricha, braziliyalik muhim futbolchidan muammoli futbolchiga aylangan. Shu sabab, jamoani qayta tiklamoqchi bo‘lgan Fransiya grandi yozda Neymarni sotishga qaror qilgan.
Qayd etilishicha, Nosir Al-Xelayfi agentlar orqali Neymarni APL klublariga, shuningdek, Neymar avvalroq o‘ynagan “Barselona”ga ham taklif qilgan. Shartnoma taxminan 80 million yevroni tashkil qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2013 yildan 2017 yil yozigacha “Barsa” safida to‘p tepgan. U kataloniyaliklar safida 186 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 105 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Ma’lumot o‘rnida, Neymar ushbu mavsum Liga 1 musobaqasi doirasida 8 uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol va 3 golli uzatma muallifiga ayllangan.
LiveBarchasi