PSJ muxlislari Messini haqoratladi (video)
Sport
−
03 aprel 2023 14780 1 daqiqa
PSJ muxlislari tomonidan Lionel Messiga nisbatan Fransiya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan “Lion”ga qarshi o‘yin (0:1) oldidan norozi ohangda xushtakbozlik qilindi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Messining nomi stadionda e’lon qilinayotgan vaqtda bir qator muxlislar argentinalik hujumchini so‘kkan, lekin ayrim muxlislar uning ismi e’lon qilinganda qarsak chaldi. So‘ngi vaqtlarda OAV Messining “Barselona”ga qaytishi borasida faol xabar tarqatmoqda, bu holat esa Parij klubi muxlislariga yoqmayapti.
“Lion”ga qarshi bahsda PSJ Fransiya chempionatida qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bungacha jamoa “Renn” bilan o‘yinda (0:2) mag‘lub bo‘lgandi.
PSJ ayni damda 66 ochko bilan Fransiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qildi. Parijliklar asosiy ta’qibchisi “Lans” klubidan 6 ochkoga oldinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq agar Messi sobiq klubi bilan kelishuvga erishsa, yiliga 10 million yevro maosh olishi ma’lum bo‘lgandi. “Barselona” rahbariyati Messini klubga qaytarish ishi bo‘yicha futbolchining agenti bilan aloqada bo‘lib turibdi.
Live
Barchasi