PSJ Messini olib qolishga urinmoqda

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi argentinalik futbolchi Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda. Bu haqda jurnalist, insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Parij klubi futbolchiga 2024 yilgacha yangi shartnoma taklif qilgan. Tomonlarning kelishuvni 2025 yilgacha uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

Ta’kidlash kerakki, 35 yoshli futbolchi va PSJ o‘rtasidagi amaldagi shartnoma joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Avvalroq, Messining “Barselona”ga qaytishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgandi. Shuningdek, argentinalik futbolchining PSJ bilan shartnomani uzaytirish niyati yo‘qligi ham aytilgandi. Parijliklarda Messining fikrini o‘zgartirish uchun 2023 yilning yozigacha vaqt bor.

Ma’lumot uchun, Messi 2021 yilning yozida “Barselona”ni tark etib, PSJ safiga qo‘shilgandi. U “ko‘k anorranglilar” safida 520 ta o‘yin o‘tkazib, 474 ta gol urgan va 216 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Messi Kataloniya klubi bilan birgalikda 35 ta sovrinni qo‘lga kiritgan va “Oltin to‘p”ning yetti karra sohibiga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing