Messi PSJ bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. U “Barsa”ga qaytadimi?

Sport

image

Argentina terma jamoasi va Fransiyaning PSJ klubi futbolchisi Lionel Messi Parij klubi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Bu haqda “TyC Sports” nashri jurnalisti Mikel Blaskes xabar berdi.

Qayd etilishicha, Lionel Messi o‘zining sobiq klubi “Barselona”ga qaytish haqida o‘ylab ko‘rmoqda.

Avvalroq, “Barselona” klubining bosh murabbiyi Xavi Ernandes Messini “ko‘k anorranglilar” safiga qaytarish uchun barcha sharoitlarni yaratishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Messi 2021 yilning yozida “Barselona”ni tark etib, PSJ safiga qo‘shilgandi. U “ko‘k anorranglilar” safida 520 ta o‘yin o‘tkazib, 474 ta gol urgan va 216 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Messi Kataloniya klubi bilan birgalikda 35 ta sovrinni qo‘lga kiritgan va “Oltin to‘p”ning yetti karra sohibiga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi “Barselona”

Baholaganlar

26

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing