PSJ Mbappega “Real”dan 2,5 baravar ko‘p maosh va’da qildi

Sport

image

Fransiyaning PSJ  klubi hujumchisi Kilian Mbappega ikki mavsum uchun 150 million yevro maosh to‘lashga tayyor. Bu haqda jurnalist Gillem Balage xabar berdi.

Shu sababli Mbappe “Real Madrid” ham taklifni oshirishini istamoqda. Madrid klubi esa 23 yoshli futbolchiga yiliga 30 million yevro maosh to‘lashga tayyorligini bildirdi.

“Los blankos” safiga qo‘shilish hamon Mbappe uchun afzalroq variant hisoblanadi. Chunki Kilian “Real” bilan birgalikda barcha orzulariga yetishi mumkinligiga shubha qilmaydi. Mbappe uchun kurashda faqat “Real” va PSJ ishtirok etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 23 yoshli hujumchi joriy mavsumda PSJ safida barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol urdi va 17 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Real Mbappe

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing