PSJ klubining eng yosh futbolchisi Chempionlar ligasi tarixiga kirdi

Sport

image

PSJ klubining 16 yoshli futbolchisi Uorren Zair-Emeri Chempionlar ligasi bahsida maydonga tushib, yoshiga nisbatan rekord qayd etdi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Kecha, 14 fevral kuni Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida PSJ va “Bavariya” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mehmon jamoa parijliklarni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. E’tiborlisi shundaki, kechagi ushbu muhim uchrashuvda 16 yoshli PSJ klubi qanot himoyachisi Uorren Zair-Emeri ham maydonga tushgan. 

U joriy mavsumda 15 ta katta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan, bu esa uning yoshiga nisbatan yuqori natija hisoblanadi. Ajablanarli tomoni shuki, jamoadoshlari Lionel Messi va Serxio Ramos uchrashuvlarda debyutlar qayd etgan paytda u hali dunyoga kelmagan bo‘lgan. 

Muxlislar hamda jamoadoshlari uni o‘zga sayyoralik deb atab, o‘yinda hatto uning oldida go‘yoki o‘zlarini qaridek his qilishlarini aytib, hazil qilgan.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing