PSJ bosh murabbiyi va uning o‘g‘li hibsga olindi
Sport
−
30 iyun 2023
11242Fransiyaning PSJ futbol kulibi bosh murabbiyi Kristof Galte va uning o‘g‘li hibsga olindi. Bu haqda Nitssa prokuroriga tayanib, “RMC Sport” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, murabbiy va uning o‘g‘li bugun, 30 iyun kuni kamsitish bilan bog‘liq ayblov asosida Nitssa politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassis “Nitssa”dagi faoliyati davomida klub direktoriga mahalliy voqelikni inobatga olgan holda jamoada qora tanlilar va musulmonlar ko‘p bo‘lmasligi kerakligini aytgan.
Hibsdagi 56 yoshli Kristofning o‘zi esa buni keskin rad etmoqda.
Shuningdek, unga ushbu ayblovni qo‘ygan “Nitssa” klubining direktori va jamoaning ba’zi vakillari mazkur tergov doirasida so‘roqqa jalb qilingan.
Ma’lumot uchun, Kristof Galte o‘tgan yozdan beri PSJni boshqarib kelmoqda.
LiveBarchasi