PSJ “Barselona” a’zosi uchun 100 mln yevrolik taklif tayyorlamoqda
Sport
−
01 mart 2025 2346 1 daqiqa
“Barselona”ning ispaniyalik yarim himoyachisi Gavi PSJ e’tiborini tortmoqda. Bu haqda “El Nacional” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fransuz grandi 20 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy bel bog‘lagan va buning uchun katta miqdorda pul to‘lashga tayyor. Hozirda Fransiya klubi ispaniyalik futbolchi uchun taklif tayyorlamoqda.
“Barselona” qo‘yib yuborishni istamasada, 100 million yevro yoki undan ko‘p taklif “ko‘k-anorranglilar” rahbariyatini fikrini o‘zgartirishga majbur qilishi mumkin.
Gavining o‘zi ham “Barselona”dan ketishni istamayapti. Muhim omil – Dani Olmo: agar u formaga kirsa va Gavini asosiy tarkibdan chiqarib yuborsa, Gavi klubini o‘zgartirish haqida o‘ylashi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Transfermarkt” tomonidan 80 million yevroga baholanayotgan 20 yoshli Gavining Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. U joriy mavsum “Barselona” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni tomoni PSJ sport direktori Luish Kampush uchun 200 million yevrolik taklif bilan chiqqani xabar qilingandi.
Live
Barchasi