Prokuror yordamchisi 4700 dollar pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
14:00 2369 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani prokurori yordamchisi fuqarodan 600 mln so‘mlik imtiyozli kredit olib berish va avtomobil oldi-sotdisi masalasini hal qilish evaziga 12 ming dollar talab qildi. U shundan 4700 dollarini olayotganda ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXX xodimlari Bosh prokuraturaning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazgan. Tadbir davomida prokuror yordamchisi talab qilingan 12 ming dollardan 4700 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Bildirilishicha, tergovga qadar tekshiruvda u bundan avval ham fuqarodan 1300 dollar olgani aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish chorasi ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida tijorat banki mas’ullari fuqaroning omonatdagi 500 ming dollaridan 300 ming dollarini uning nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, o‘zlashtirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi