Prokuror yordamchisi 1500 dollar pora olayotganda ushlandi
Jamiyat
−
03 noyabr 2022 13701 1 daqiqa
Toshkent viloyatida prokuror yordamchisi pora olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 noyabr kuni Toshkent viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Piskent tumani prokurorining yordamchisi pora olayotgan vaqtida ushlangan.
U sudda ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha sudya orqali sudlanuvchiga yengil jazo tayinlanishini va’da qilib, evaziga firibgarlik yo‘li 1 500 AQSH dollarini olmoqchi bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan 2 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025