Toshkent prokurori yoshlar bilan uchrashdi
Biznes
−
05 mart 2022
9264Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi “Yapon bog‘i”da “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Toshkent shahar prokuraturasi hamda Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda Toshkent shahar prokurori Ulug‘bek Qosimov tumandagi 200 dan ortiq yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi tumanda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlash hamda muammolarini bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, uchrashuv davomida ushbu daftardagi 82 nafar yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Xususan, 30 nafar yoshlar tadbir jarayonida ishga joylashtirildi. Shuningdek, tadbirkorlik qilish istagini bildirgan 25 nafar yoshlarga subsidiyalar ajratildi, 25 nafar yoshlarga esa oliy ta’lim muassasasining 50 foiz kontrakt to‘lovlari to‘lab berilishi ta’minlandi.
Shu bilan birgalikda tadbirda shahar Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha “Mehnat yarmarkasi”, yoshlar uchun ko‘ngilochar sport musobaqalari hamda hunarmandlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Shuningdek, tadbir natijasi bo‘yicha shahar prokurori tomonidan tuman mutasaddi idoralar rahbarlariga ushbu yo‘nalishda ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda mahalla profilaktika inspektori va mahalla yoshlar yetakchilariga yoshlarni doimiy nazorat qilish vazifasi yuklatildi.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlar muammolarini hal etishda asosiy o‘rin egallashi, ayni haqiqat. Zero, yoshlar ertamiz egalari, olib borilayotgan sa’y-harakatlarimiz davomchilaridir.
LiveBarchasi