Prokuratura Jizzaxda qulab tushgan bino bo‘yicha munosabat bildirdi
Jamiyat
−
10 yanvar 2021
34797Avvalroq Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, voqea joyiga zudlik bilan Jizzax viloyati prokurori, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari hamda tezkor-tergov guruhi a’zolari yetib borgan.
Binoning qulash sabablarini aniqlash borasida Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Binoning qulashi oqibatida jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar aniqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu voqea yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Qurilish vazirligi ham rasmiy bayonot bergan edi.
LiveBarchasi